O‘zbekiston | 17:42 / 18.02.2020
42056
2 daqiqa o‘qiladi

Bekobod tumanida ham hokim o‘zgardi

Bekobod tumani hokimi Ne'mat Abdullayev o‘z vazifasidan ozod etildi.

Bugun, 18 fevral kuni Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining navbatdan tashqari to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rilgan va tuman hokimi Ne'mat Ozodovich Abdullayev lavozimidan ozod etilgan.

Viloyat hokimi Rustam Xolmatov Bekobod tumanini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishning eng muhim jihatlariga to‘xtalgan, xususan, eksport, investitsiya, yoshlar bilan ishlash, ularni ish bilan ta'minlash kabi ustuvor masalalarda Bekobod tumani viloyatda eng oxirgi o‘rinlarda borayotganini tanqid qilgan. 

Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, Bekobod tumani hokimi vazifasiga Furqat Abdusalomovich Xudoyberdiyev nomzodi tavsiya etilgan, muhokamalardan so‘ng u Bekobod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlangan.

Furqat Xudoybeyberdiyev / Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

 Furqat Xudoyberdiyev 1979 yili Bo‘ka tumanida tug‘ilgan. U 2000 yilda Toshkent davlat agrar universitetini, 2012 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Furqat Xudoyberdiyev Toshkent viloyati hokimligi Moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan.

Tumanning sobiq hokimi Ne'mat Abdullayev 2018 yilning sentyabrida davozimga tayinlangandi.

Bundan avvalroq Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida ham hokim o‘zgargani xabar qilingandi.

Mavzuga oid