O‘zbekiston | 21:00 / 19.02.2020
43971
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

«Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Toshkent viloyati hokimining uch nafar yangi o‘rinbosari tayinlandi.

Bahodirbek Mullaxonovich Mullaxanov Toshkent viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bahodirbek Mullaxonov / Toshkent viloyati hokimligi

U bu lavozimda 2017 yildan buyon ishlab kelgan va bugun Toshkent tumani hokimi lavozimiga o‘tkazilgan Odilxon Rustamov o‘rnini egalladi.

  • Bahodirbek Mullaxonov 2015 yildan buyon «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi sifatida ishlab kelayotgandi.

Shuhrat Jo‘raboyevich Hakimov esa Toshkent viloyati hokimining kapital qurilish va kommunikatsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Shuhrat Hakimov / Toshkent viloyati hokimligi

Shuhrat Hakimov mazkur lavozimga o‘tgunga qadar Vazirlar Mahkamasida departament mudiri vazifasida ishlagan.

Shuningdek, polkovnik Ilhomboy Xudoybergenov viloyat hokimining o‘rinbosari - Toshkent viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ilhomboy Xudoybergenov / Toshkent viloyati hokimligi

Bundan oldinroq viloyatning to‘rtta tumanida - Bo‘ka, Bekobod, Yangiyo‘l va Toshkent tumanlarida rahbarlar o‘zgargani xabar qilingandi. 

Mavzuga oid