Jamiyat | 10:42 / 19.05.2020
25601
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyatida bir guruh bosqinchilar qo‘lga olindi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: IIB axborot xizmati

Xo‘jaobod tuman IIB xodimlari tomonidan olingan tezkor ma'lumotga asosan, 2020 yil 17 may kunidan 18 may kuniga o‘tar kechasi tumanning Ipakchi mahallasida yashovchi fuqaro D.G.ning yashash uyida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Andijon viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Tezkor tadbir davomida uch nafar noma'lum shaxs xo‘jalik pichog‘i bilan qurollanib,  yuzlariga niqob taqib olgan xolda xonadon egasi D.G.dan bosqinchilik yo‘li bilan pul talab qilish maqsadida xonadonga devor oshish yo‘li orqali kirishgan vaqtlarida pistirmada turgan IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ular Buloqboshi tumanida yashovchi fuqarolar X.N, B.J, I.A. bo‘lib chiqdi. Ulardan uch dona xo‘jalik pichog‘i, uch dona niqob hamda boshqa buyumlar daliliy ashyo sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 164-moddasining 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, yuqoridagi shaxslar Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanganlar.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid