Light | 19:03 / 24.10.2020
52736
1 daqiqa o‘qiladi

Kolbasaning salomatlik uchun eng xavfli jihatlari aytildi

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, oshqozon-ichak kasalliklaridan aziyat chekadiganlar bu mahsulotni umuman iste'mol qilmasliklari kerak.

Foto: Alamy

Tez-tez kolbasa iste'mol qilish sog‘liqqa jiddiy zarar yetkazishi mumkin, dedi vrach-gastroenterolog Inna Mazko.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, oshqozon-ichak kasalliklaridan aziyat chekadiganlar bu mahsulotni umuman iste'mol qilmasliklari kerak.

 "Kolbasa tarkibida go‘sht ko‘pi bilan 40 foizgacha bo‘ladi. Buning ustiga, ushbu go‘shtning sifati past, submahsulotlar bo‘ladi. Qolganlari esa soya, kraxmal, jyelatin, oziq-ovqat qo‘shimchalari, bo‘yoqlardir" – dedi u.

Mutaxassisning qayd etishicha, kolbasaga pushti rang berish uchun saraton keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan nitritlardan foydalaniladi. Bundan tashqari, mahsulotga kalsiy o‘zlashtirilishiga zarar yetkazadigan hamda osteoporoz va raxit kasalliklarini keltirib chiqaradigan fosfatlar qo‘shiladi.

 Shifokor kolbasa sotib olayotganda mahsulot tarkibiga jiddiy e'tibor berish, imkoni bo‘lsa uni uyda tayyorlash kerakligini aytdi.

Mavzuga oid