O‘zbekiston | 13:05 / 07.12.2020
23528
1 daqiqa o‘qiladi

Senator «O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasiga rahbar bo‘ldi

Senator Murtazo Rahmatov «O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasi rahbariga aylandi.

O‘zA xabar qilishicha, «O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasi muassislari umumiy yig‘ilishida Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Murtazo Rahmatovni uyushma raisligiga tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

«Buxoro Kotton Tekstil Klaster» paxta-to‘qimachilik klasteri ta'sischisi bo‘lgan Murtazo Rahmatov 2020 yil yanvarida Buxoro viloyatidan Oliy Majlis Senatiga a'zo bo‘lgandi.

U O‘zbekistondagi birinchi paxta-to‘qimachilik klasteri - Quyi Chirchiq tumanidagi «TCT cluster» korxonasi asoschisi ham hisoblanadi.

Uyushma 2020 yilning 23 iyunida Vazirlar Mahkamasining «Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan tashkil qilingandi.

Mavzuga oid