O‘zbekiston | 18:07 / 11.02.2021
19077
2 daqiqa o‘qiladi

Bektemir tumaniga yangi hokim tayinlandi 

Saidjamol Sultonov Toshkent shahrining Bektemir tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Saidjamol Sultonov 1980 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2002 yilda Toshkent Moliya institutini tamomlagan. 

U 2018 yildan hozirgi vaqtgacha O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Bektemir tumaniga so‘nggi yarim yil ichida uchinchi hokim tayinlanmoqda. 2020 yil avgustida tumanga 2018 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Shohrux Mamajonov prezidentning tumanga tashrifidan so‘ng barcha sektorlar rahbarlari — prokuror, IIO FMB boshlig‘i va davlat soliq inspeksiyasi rahbari bilan birgalikda ishdan olingandi. Uning o‘rniga Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Jahongir Ibrohimov tumanning yangi rahbari etib tayinlangandi. U bu lavozimda 5 oyga yaqin vaqt ishlagach, 2021 yilning yanvarida Yunusobod tumani hokimligiga o‘tkazildi.

Mavzuga oid