Smartfondan zudlik bilan o‘chirilishi kerak bo‘lgan ilovalar ma'lum qilindi
Ekspertlar birinchi navbatda raqam aniqlaydigan ilovalarni zararli deb atashdi.
"Rossiyskaya gazeta" sharhlovchilari ayrim ilovalar befoyda, ayrimlari esa zararli bo‘lgani uchun smartfondan o‘chirib tashlashni tavsiya qilishdi, deb yozadi Tengrinews.kz.
Ekspertlar birinchi navbatda raqam aniqlaydigan ilovalarni zararli deb atashdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bunday dasturlar smartfondagi telefon raqamlariga oid barcha ma'lumotlarni ko‘chirib oladi, bundan tashqari, smartfon egasining ismi va telefon raqamini boshqalarga berishi mumkin.
Keyingi o‘rinda batareya quvvatini tejaydigan dasturlar aytildi. Foydalanuvchilarga smartfon sozlamalaridagi quvvat tejaydigan funksiyadangina foydalanish tavsiya qilindi. Mutaxassislarning aytishlaricha, quvvat tejaydigan ilovalardan hech qanday foyda yo‘q.
Shuningdek, "xotira tozalaydigan" dasturlar ham befoyda deb topildi.
"Ular ham xuddi batareya tejaydigan ilovalar kabi ishlaydi. Xotira bir ozga yengillashadi, ammo bu juda qisqa vaqt davom etadi", - deyiladi maqolada.
Bundan tashqari, fonarlar, QR-kod skanerlari ham xavfli deb topilgan.
So‘nggi yangiliklar
-
Meta kompaniyasi Trampga 25 mln dollar to‘lashga rozi bo‘ldi
Jahon | 22:38
-
Chirchiqda yashash xonadonida narkolaboratoriya tashkil etgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 22:35
-
“Boj to‘lovi mahalliy ishlab chiqaruvchilarga ko‘mak bo‘ladi” - Farmagentlik rahbari
O‘zbekiston | 22:12
-
Vashington osmonida samolyot halokati: sabablar va qurbonlar haqida nima ma’lum?
Jahon | 21:42
Mavzuga oid
16:38 / 23.01.2025
Samsung o‘zining eng yupqa smartfonini taqdim etdi
16:16 / 21.01.2025
Samsung 2025 yilda ilk uchbuklamafonlarni sotuvga chiqaradi
11:16 / 17.01.2025
Nokia smartfonlari sotuvdan olib tashlandi
22:08 / 19.12.2024