Parkent tumanida hokim o‘zgardi
Toshkent viloyatining Parkent tumani hokimi Nig‘mat Muhamedov ishdan olinib, uning o‘rniga Shohrux Shoahmedov tumanning yangi hokimiga aylandi.
Shohrux Shorahimovich Shoahmedov Parkent tumaniga hokim etib tayinlandi.
Sh. Shoahmedov 1979 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma'lumoti – oliy. 2000 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2002 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini hamda 2004 yilda Sankt-Peterburg Fuqaro akademiyasini tamomlagan.
Lavozimga tayinlangunga qadar Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta'minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligining bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
U yangi lavozimda Nig‘mat Muhamedovning o‘rnini egalladi. 2006-2009 yillarda Toshkent viloyatining Chinoz tumaniga, 2009-2018 yillarda Qibray tumaniga hokimlik qilgan Nig‘mat Isroilovich Muhamedov 2018 yilning sentyabrida Parkent tumani rahbarligiga tayinlangandi.
2020 yilning sentyabrida Parkent tumani hokimligi hokimning o‘g‘li, Sardor Nig‘matovich Isroilov ta'sischi bo‘lgan kompaniyadan Captiva avtomobili xarid qilgani haqidagi xabarlar OAVda keng yoritilgan, yakunda avtomobil firmaga qaytarib berilgandi.
Mavzuga oid
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
17:52 / 11.12.2024
Timur Ishmetov Markaziy Bank raisi etib tayinlandi
15:57 / 10.12.2024
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
18:28 / 06.12.2024