Muborak tumaniga yangi hokim tayinlandi
Qashqadaryo viloyati Muborak tuman hokimi Ulug‘bek Ernazarov ishdan olinib, uning o‘rnida Akram Aripov ish boshladi.
Bugun, 9 iyun kuni Xalq deputatlari Muborak tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etib, tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Deputatlar tomonidan Muborak tumani hokimi etib Akram Oromovich Aripov tasdiqlandi.
Akram Aripov shu vaqtgacha Qarshi tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.
Muborak tumanida 2020 yilning mayidan buyon Ulug‘bek Ernazarov hokim vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgandi.
Avvalroq, prezident Muborak tumanida sanoat rivojlanishi past ekanligini ta'kidlagandi.
Mavzuga oid
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
17:52 / 11.12.2024
Timur Ishmetov Markaziy Bank raisi etib tayinlandi
15:57 / 10.12.2024
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
18:28 / 06.12.2024