Rossiyaning AQShdagi elchisi uch oylik tanaffusdan keyin Vashingtonga qaytdi
20 iyun kuni Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov Vashingtonga qaytgan. Elchining samolyoti kecha tunda Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi nomidagi aeroportga qo‘ngan. Keyinchalik elchi Vashingtonga yo‘l olgan.
AQSh prezidenti Jo Bayden rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni qotil deb hisoblashini aytgach, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar yanada taranglashgan, oqibatda tomonlar elchilarini qaytarib olgandi. Antonov 21 mart kuni Rossiyaga chaqirib olingan bo‘lsa, Jon Sallivan 22 aprel uchun AQShga qaytgandi. Rossiya o‘ziga nisbatan navbatdagi sanksiyalar joriy etilgach, elchidan qaytishini so‘ragan.
16 iyun kuni AQSh va Rossiya prezidentlari Jyenevada uchrashdi. Shundan keyin tomonlar elchilarini qaytarishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
15:20
Rossiya elchisi Kiselevning gapi tufayli Armaniston TIVga chaqirildi
14:07
Rossiya va Ukraina «25 ga 25» formulasi bo‘yicha asirlar almashdi
13:27
Rossiya tankerlari 3,5 mlrd dollarlik neftni egalariga yetkazib berolmayapti
13:19