Jahon | 22:40 / 03.08.2021
16048
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston mudofaa vazirining uyiga hujum uyushtirildi

Manbalarning aytishicha, hujum qilingan vaqtda mudofaa vaziri uyda bo‘lmagan.

Foto: AP Photo / Rahmat Gul

Noma'lum shaxslar Afg‘oniston mudofaa vaziri general Bismillo Xon Muhammadiyning uyi yaqinida avtomobilni portlatdi va qurolli hujum uyushtirdi. 

Xabar qilinishicha, kuch tuzilmalari ularga qarshilik ko‘rsatgan. Olti kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Pajvak agentligining xabariga ko‘ra, vazirga hech qanday jarohat yetmagan.

TOLO News telekanali manbalarining aytishicha, hujum qilingan vaqtda mudofaa vaziri uyda bo‘lmagan.

Mavzuga oid