O‘zbekiston | 08:39 / 13.12.2021
3953
1 daqiqa o‘qiladi

Hokim 8 soat shaxsiy qabul o‘tkazdi

Foto: Navoiy viloyati hokimligi

Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov qariyb 8 soat shaxsiy qabul o‘tkazib, 120 nafarga yaqin fuqaroning muammolarini tingladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, qabulda viloyat sektorlari hamda, korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etishgan. Navoiy shahri, Karmana, Xatirchi, Nurota va Navbahor tumanlaridan kelgan 120 nafarga yaqin fuqaro viloyat rahbariga o‘z muammolari bo‘yicha murojaat qilgan.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi
Foto: Navoiy viloyati hokimligi

Fuqarolar asosan uy-joy va yer, bandlik, kadastr, tabiiy gaz va suv ta'minoti, murakkab jarrohlik amaliyoti va sog‘liqni tiklash uchun zarur bo‘lgan tibbiy yordam, aliment undirish va oilaviy nizolar bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha murojaat qilgan. Murojaatlarning 60 foizga yaqini joyida hal etildi. Shuningdek, 9 ta masala bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan. 

Mavzuga oid