O‘zbekiston | 16:01 / 01.02.2022
2294
1 daqiqa o‘qiladi

Urgutda qariyb 1 kilogramm marixuanani sotayotgan shaxs ushlandi

Samarqand viloyati Urgut tumanida giyohvandlik savdosiga chek qo‘yilgan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikda Urgut tumanida tezkor-tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida, fuqaro F.Q. tomonidan vazni 907,66 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik moddasini “shartli xaridor”ga sotayotgan vaqtda ushlangan. Unga nisbatan protsessual hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid