Jahon | 18:40 / 05.02.2022
10649
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Ukrainaga safar vaqtida omikron yuqtirib olganini ma’lum qildi

Turkiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u va turmush o‘rtog‘i koronavirusning yangi variantini yengil o‘tkazmoqda va shifoxonaga yotish talab qilinmaydi.

Foto: Reuters

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va uning turmush o‘rtog‘i koronavirusning omikron shtammini yuqtirib oldi. Bu haqda Turkiya rahbarining Telegram-kanalida ma’lum qilindi.

«Bugun dastlabki simptomlardan so‘ng rafiqam bilan COVID-19’ga test topshirdik. Test musbat chiqdi. Bu omikron ekanligi aniqlandi, — deb yozdi Erdo‘g‘an.

Turkiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u va turmush o‘rtog‘i koronavirusning yangi variantini yengil o‘tkazmoqda va shifoxonaga yotish talab qilinmaydi.

«Biz ishimizni uydan davom ettiramiz. Duolaringizni kutamiz», — deya qo‘shimcha qilgan Erdo‘g‘an.

Ma’lumot uchun, 3 fevral kuni Erdo‘g‘an rafiqasi bilan Ukrainaga tashrif buyurgandi. Kiyevda u Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi, tomonlar o‘rtasida mudofaa sohasida kelishuv va memorandumlar imzolandi, shuningdek, Ukraina sharqidagi mojaro muhokama qilindi.

Mavzuga oid