O‘zbekiston | 17:36 / 14.06.2022
27931
1 daqiqa o‘qiladi

Kitob tumaniga yangi hokim tayinlandi

Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Kitob tumani hokimi etib tayinlangan.

Foto: Kitob tumani hokimligi

14 iyun kuni Xalq deputatlari Kitob tumani kengashining navbatdagi sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan.

Tuman hokimi Alisher Zokirov o‘z lavozimidan ozod etilgan va O‘ktam Pardayev Kitob tumani hokimi lavozimiga tayinlangan.

O‘.Pardayev 1978 yilda Qamashi tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida tahsil olgan.

Muqaddam O‘zbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan, 2021 yil fevralida Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.

Ma’lumot uchun, Alisher Zokirov Kitob tumaniga 2019 yil oktyabridan buyon rahbarlik qilib kelayotgandi.

Mavzuga oid