O‘zbekiston | 14:33 / 19.08.2022
6098
2 daqiqa o‘qiladi

SES Toshkentda kuydirgi qayd etilmaganini ma’lum qildi

Televideniyeda e’lon qilingan, kuydirgi kasalligi bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘rgazmali maxsus taktik o‘quv mashqiga oid reportajda aytilgan ma’lumot mazkur mashg‘ulotlarga oid bo‘lgan, deya ma’lum qildi SanEpid xizmati. Qayd etilishicha, joriy yilda Toshkent shahrida kuydirgi kasalligi qayd etilmagan.

2022 yil 18 avgust kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida kuydirgi kasalligi aniqlangani ma’lum qilingan edi.

Sanepidxizmat matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Toshkentda joriy yil 1-20 avgust kunlari kuydirgi kasalligi tabiiy o‘choqlaridan kelib chiqishi va tarqalishi oldini olish mavzusida ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazish rejalashtirilgan. 

Qayd etilishicha, 2022 yil 16 avgust kuni SEO va JSX Toshkent shahar boshqarmasi va tuman bo‘limlari, Toshkent shahar FVB, Toshkent shahar SSBB, shahar veterinariya boshqarmasi bilan hamkorlikda Uchtepa tumani 26-sonli oilaviy poliklinika qoshida Toshkent shahar DPM tibbiyot xodimlari va sanitariya epidemiologiya xizmati mutaxassislaring kuydirgi kasalligi bo‘yicha bilim saviyasi va amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida ko‘rgazmali maxsus taktik o‘quv mashqi o‘tkazilgan. 

18 avgust kuni “Yoshlar” telekanali “Yangi davr” informatsion dasturida ushbu taktik-o‘quv mashqi yuzasidan lavha namoyish etilgan. Lavhada soha mutaxassisi tomonidan berilgan intervyuda kuydirgi kasalligi oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar va shahardagi epidemik vaziyat yuzasidan ma’lumot berilgan.    

“Mazkur ma’lumot o‘quv-taktik mashg‘ulot uchun berilganligini, joriy yilda Toshkent shahrida kuydirgi kasalligi qayd etilmaganligini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid