O‘zbekiston | 00:17 / 02.11.2022
49908
1 daqiqa o‘qiladi

Xorazm viloyati prokurori Bosh prokuraturaga ishga o‘tmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori o‘zgardi.

Foto: Xorazm viloyati prokuraturasi

Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori lavozimiga tayinlanyapti. Bu xabarni Kun.uz’ning bir-biridan mustaqil ikki manbasi tasdiqlandi.

2020 yil fevralidan buyon O‘zbekiston Respublikasining Harbiy prokurori lavozimida ishlab kelgan Shuhrat Sharopovich Uzoqov nima sabab bilan ishdan olingani yoki qaysi lavozimga o‘tgani noma’lum.

Shuhrat Uzoqov

Yangi tayinlov haqida 2 noyabr kuni rasman e’lon qilinadi.

Xorazm viloyati prokurori lavozimiga esa hozirda Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlayotgan Umirbek Madraimov tayinlanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, B.Qudratxo‘jayev muqaddam Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimida ishlagan, 2020 yil 12 oktyabrida Xorazm viloyati prokurori lavozimiga tayinlangandi.

Mavzuga oid