G‘ofurjon Mirzayev Sirdaryo viloyati hokimligidan ketdi
G‘ofurjon Mirzayev 2016 yildan buyon Sirdaryo viloyati hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.
O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.
G‘ofurjon Mirzayev 1964 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 1990 yilda Toshkent politexnika institutini, 2000 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida bug‘doyni qayta ishlash zavodida boshlagan.
2003 yilda O‘zbekiston prezidenti apparatida inspektor sifatida ish boshlagan va 2016 yilga qadar shu yerda ishlagan.
2016 yil 15 dekabrida Oybek Ashirmatov o‘rniga Sirdaryo viloyati hokimi etib tayinlangandi.
- Noyabr oyi o‘rtalarida adliya vaziri Ruslanbek Davletov prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga o‘tkazilgandi.
Mavzuga oid
20:49 / 19.12.2024
Saida Mirziyoyeva Prezident administratsiyasida o‘quvchi yoshlar bilan uchrashdi
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
17:52 / 11.12.2024
Timur Ishmetov Markaziy Bank raisi etib tayinlandi
15:57 / 10.12.2024