O‘zbekiston | 12:12 / 27.03.2023
12331
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda 44 yoshli erkakni yo‘lovchi poyezdi bosib ketdi

Qo‘ng‘irot-Toshkent yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdi odam bosib ketgan. Fuqaro voqea joyining o‘zida vafot etgan.

24 mart, juma kuni Qo‘ng‘irot—Toshkent yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi Ellikqal’a—To‘rtko‘l bekatlari oralig‘ida harakatlanib borayotgan vaqtda poyezd yo‘liga chiqib qolgan fuqaroni bosib ketgan. Bu haqda Transport prokuraturasi ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro X.Sh ehtiyotsizlik oqibatida poyezd yo‘liga chiqib qolgan. U olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Voqea 16:00 atrofida sodir bo‘lgani aytilmoqda.

Holat yuzasidan Orolbo‘yi transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Qashqadaryoda teplovoz 19 yoshli qizni, “Afrosiyob” tezyurar poyezdi esa 4 yoshli bog‘cha bolasini bosib ketgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid