Kuleba: Kiyevning NATOga yo‘lini qisqartirish bo‘yicha konsensus mavjud
«Ko‘plab muzokaralardan so‘ng NATO ittifoqchilari a’zolikka tayyorgarlik bo‘yicha harakatlar rejasini Ukrainaning a’zolik yo‘lidan olib tashlash yuzasidan konsensusga erishdi», deb yozdi Ukraina TIV rahbari.
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaning 10 iyul, dushanba kuni ma’lum qilishicha, NATOga a’zolik bo‘yicha harakatlar rejasini Ukraina Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilish yo‘lida bajarishi kerak bo‘lgan choralardan chiqarib tashlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
«Ko‘plab muzokaralardan so‘ng NATO ittifoqchilari a’zolikka tayyorgarlik bo‘yicha harakatlar rejasini Ukrainaning a’zolik yo‘lidan olib tashlash bo‘yicha konsensusga erishdi», — deb yozdi Kuleba Twitter’da.
«Bizning NATOga yo‘limizni qisqartiruvchi uzoq kutilgan qarorni olqishlayman», — dedi u. «Bu Ukrainani alyansga a’zo bo‘lish taklifiga oydinlik kiritish uchun ham eng yaxshi holat», — deya qo‘shimcha qildi ukrainalik vazir.
NATOga a’zo bo‘lish bo‘yicha harakatlar rejasi ochiq eshiklar siyosatining amaliy ifodasi bo‘lib, besh yo‘nalishda – siyosiy va iqtisodiy sohalar, mudofaa, resurslar, xavfsizlik va qonunchilik bo‘yicha aniq qadamlarni o‘z ichiga oladi.
NATO Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rahbarining so‘zlariga hozircha izoh bermadi.
Ukraina alyans a’zosi bo‘lmagan holda, 2020 yil iyun oyidan beri NATO bilan hamkorlikning alohida maqomiga ega - kengaytirilgan imkoniyatlarga ega hamkor.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukrainaning 2022 yil 30 sentabrda tezlashtirilgan rejimda NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza berish qarorini e’lon qildi.
Vilnyusdagi ittifoq sammiti 11-12 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden alyansga integratsiyalashuv jarayoni davom etayotgan bir paytda Vashington Kiyevga yordam berishi mumkinligini aytgan edi. «Qo‘shma Shtatlar Isroilga bergan yordam kabi... xavfsizlikni ta’minlashga tayyor bo‘ladi», deb tushuntirdi Amerika rahbari CNN telekanaliga intervyusida.
Mavzuga oid
15:01 / 20.12.2024
Olaf Shols NATO bo‘yicha ittifoqchilarni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
07:52 / 19.12.2024
NATO Kiyevga harbiy yordamni muvofiqlashtirishni o‘z zimmasiga oldi
21:58 / 16.12.2024
Rossiya mudofaa vaziri armiyani NATO bilan urushga tayyorlashni buyurdi
19:58 / 13.12.2024