O‘zbekiston | 21:19 / 25.07.2023
13216
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda vazni 2,2 kg kartoshka yetishtirildi 

Qayd qilinishicha, kartoshka nafaqat to‘yimliligi, balki shifobaxshligi bilan ham o‘ziga xos. 

Foto: O‘zA

Samarqand ilmiy tajriba stansiyasida vazni 2,2 kilogrammga yetadigan kartoshka yetishtirilmoqda. Kartoshka hosili 50-52 tonnani tashkil qilyapti. 2023 yil hosili uchun 11 gektar maydonda kartoshkaning «Bog‘izog‘on», «Ranomi», «Evolyushn», «Arizona», «Silvana» va «Lusinda» navlari ekilgan. 

Qayd qilinishicha, kartoshka nafaqat to‘yimliligi, balki shifobaxshligi bilan ham o‘ziga xos. Uning tarkibida oqsil, yog‘, uglevodlar, organik kislotalar, V1, V2, RR, S, D, K, E, A vitaminlari, natriy, kaliy, magniy, kalsiy, temir, fosfor, yod kabi elementlar mavjud. 

Xabarga ko‘ra, ilmiy tajriba stansiyasida kartoshka hosildorligi yildan yilga oshib bormoqda. Buning sabablari sifatida almashlab ekishning to‘g‘ri yo‘lga quyilgani, kartoshka yetishtirishda o‘tmishdosh ekinlar to‘g‘ri tanlangani, ekish muddati, me’yoriga rioya qilinishi, eng asosiysi, kartoshka yetishtirishda innovatsion yondashib, sug‘orish va o‘g‘itlashning, tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish usullari orqali bir paytda o‘tkazilgani, o‘simlikning vegetatsiya davrida 2-3 bor tarkibida mikro va makroelementlar mavjud bo‘lgan ozuqalar bilan suspenziya qilingani ko‘rsatilgan. 

Kartoshkaning O‘zbekiston hududida ekish uchun tavsiya etilgan 131 ta navi davlat reyestriga kiritilgan, shundan 19 tasi mahalliy ilmiy tadqiqot institutlari tomonidan yaratilgan. 

Mavzuga oid