«O‘ztransgaz»ga yangi rais tayinlandi
Asqar Isoqov bu vazifani vaqtincha bajaruvchi bo‘ladi.
Isoqov Asqar Sharifjonovich — «O‘ztransgaz» AJ boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.
Bunga qadar u Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi («O‘zneftgazinspeksiya») boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
«O‘ztransgaz» mamlakat gaz uzatish tizimining operatori bo‘lib, tabiiy gazni ichki bozorga tashish, shuningdek, O‘zbekistondan gaz eksporti va tranzitini ta’minlaydi.
«O‘ztransgaz»ga 2021 yil avgustidan Behzod Normatov raislik qila boshlagandi. 2022 yil dekabrida energetika ta’minotidagi kamchiliklar tufayli sohaning boshqa mas’ullari qatorida unga ham hayfsan jazosi beriladi. 2023 yil yanvarida esa, mamlakatdagi energetik inqiroz fonida u «Hududiy elektr tarmoqlari» rahbari Ulug‘bek Mustafoyev va «O‘zbekneftgaz» rahbari Mehriddin Abdullayev bilan birgalikda lavozimidan ozod etilib, ularga vazifasini bajaruvchi lavozimida 3 oy sinov muddati belgilangandi.
2023 yil martida Mehriddin Abdullayev «O‘zbekneftgaz» raisligidan ozod etildi. Behzod Normatov esa qachon ishdan ketgani noma’lum. «O‘ztransgaz»ga ma’lum vaqt davomida Ahadxon Isoqjonov rahbarlik qilib turgan.
Mavzuga oid
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
17:52 / 11.12.2024
Timur Ishmetov Markaziy Bank raisi etib tayinlandi
15:57 / 10.12.2024
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
18:28 / 06.12.2024