Nishon tumani hokimi Muborak tumaniga hokim qilib o‘tkazildi
Qashqadaryo viloyatining Nishon tumani hokimi o‘z lavozimidan ozod etilib, Muborak tumani hokimi etib tayinlangan.
Bugun 2023 yil 31 oktyabr kuni xalq deputatlari Muborak tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan va unda tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilgan.
Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, sessiyada tuman hokimi Akram Oripov o‘z lavozimidan ozod etilgan. Uning o‘rniga deputatlar Muxtor Hayitmurodovni Muborak tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashgan.
M.Hayitmuradov 1970 yilda G‘uzor tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat agrar universiteti va Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
U 2018 yildan buyon Nishon tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Mavzuga oid
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
17:52 / 11.12.2024
Timur Ishmetov Markaziy Bank raisi etib tayinlandi
15:57 / 10.12.2024
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
18:28 / 06.12.2024