Izboskan tumaniga yangi hokim tayinlandi, tumanning oldingi hokimi qamoqda
Elyorbek Rahmatillayevich Karimov Andijon viloyati Izboskan tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Elyorbek Karimov 1986 yilda Izboskan tumanida tug‘ilgan. 2008 yilda Andijon qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida g‘aznachilik hamda moliya tizimining tuman hamda viloyat idoralarida mas’ul lavozimlarda, shuningdek, Izboskan tumani hokimining birinchi o‘rinbosari, viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i (v.v.b) lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
2018 yildan beri Izboskan tumani hokimi sifatida ishlab kelgan Serobiddin Ismoilov 2023 yil 10 dekabr kuni viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov o‘tkazgan yig‘ilishda lavozimdan olingandi.
Keyinroq u noqonuniy qarorlar chiqarib, yer maydonlarining talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘yganlikda gumonlanib qo‘lga olingani ma’lum bo‘ldi.
Mavzuga oid
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
17:52 / 11.12.2024
Timur Ishmetov Markaziy Bank raisi etib tayinlandi
15:57 / 10.12.2024
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
18:28 / 06.12.2024