O‘zbekiston | 22:18 / 19.02.2024
18558
4 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Sherali Xolmahamadovich Jo‘rayev Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U 1984 yil Oltinsoy tumanida tug‘ilgan. 2007 yilda Termiz davlat universitetini, 2010 yilda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – amaliy matematika, moliya, davlat boshqaruvi.

Sherali Jo‘rayev mehnat faoliyati davomida tuman hokimining o‘rinbosari, viloyat Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2023 yildan buyon Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Viloyatda yana quyidagi tayinlovlar amalga oshirildi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining tegishli buyrug‘i bilan Odiljon Almahamadovich Yoqubov Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Odiljon Yoqubov

O. Yoqubov 1983 yilda Oltinsoy tumanida tug‘ilgan. 2005 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – soliqlar va soliqqa tortish.

Mehnat faoliyati davomida davlat soliq qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i, viloyat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Tayinlovga qadar 2023 yildan buyon Termiz tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Madaniyat vazirining tegishli buyrug‘i bilan Shuhrat Abdug‘afforovich Normurodov Surxondaryo viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Shuhrat Normurodov

Sh. Normurodov 1989 yilda Sherobod tumanida tug‘ilgan. 2011 yilda Toshkent davlat madaniyat institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – folklor-etnografik jamoalari tashkilotchisi.

Mehnat faoliyati Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi direktor o‘rinbosari, Madaniyat vazirligi investitsiyalarni jalb qilish va madaniy turizmni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.

Tayinlovga qadar 2022 yildan buyon Oliy Majlis Senati hamda BMT taraqqiyot dasturining qo‘shma loyihasi konsultanti lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

«Mikrokreditbank» AT banki boshqaruvi raisining tegishli buyrug‘i bilan Azamat Jo‘rayevich Rajabov «Mikrokreditbank» AT banki Surxondaryo viloyati filiali boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Azamat Rajabov

A. Rajabov 1983 yilda Muzrabot tumanida tug‘ilgan. 2006 yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – muhosiblik hisobi, nazorat va xo‘jalik faoliyati tahlili, iqtisodiyot.

Mehnat faoliyati davomida «Mikrokreditbank» AT banki tuman filiali boshqaruvchisi, «Mikrokreditbank» AT banki viloyat mintaqaviy filiali boshlig‘i, «Mikrokreditbank» AT banki boshqarma boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Tayinlovga qadar 2023 yildan buyon «Mikrokreditbank» AT banki Toshkent viloyati mintaqaviy filiali boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Mavzuga oid