O‘zbekiston | 08:02 / 07.03.2024
6692
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent jamoat transportida bir kunda tashilgan yo‘lovchilar soni ma’lum bo‘ldi

Toshkent shahrida avtobus va elektrobuslarning bir kunlik faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berildi. 

Foto: Kun.uz

“Toshshahartransxizmat” xabariga ko‘ra, 5 mart holatiga avtobus yo‘nalishlari soni 165 tani, yo‘nalishlardagi avtobuslar soni 1589 tani, yo‘lovchilar soni esa 1 139 924 nafarni tashkil qilgan. 

Shundan, naqd pul to‘lovi — 38,1 foiz; elektron to‘lov — 61,9 foiz.

Shu kuni oraliq interval 8-10 daqiqani tashkil qilib, qatnovlar soni 21 063 marta bo‘lgan.

Foto: Toshshahartransxizmat

Avvalroq ayollarga avtobus va yuk mashinalarini haydashga ruxsat berilgandi.

Ayollarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mehnat faoliyatini olib borish uchun huquqiy asos yaratildi: yuk ko‘tarishi 2,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarini boshqarish; yo‘lovchilarning soni 14 kishidan ortiq bo‘lgan avtobuslarni boshqarish.

Mavzuga oid