Navoiy viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
So‘nggi uch kunda to‘rtta viloyatda bosh soliqchilar o‘zgardi.
O‘zbekiston prezidenti farmoyishi bilan Nazarov Sunnatilla Amirillayevich Navoiy viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Sunnatilla Nazarov 1984 yilda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ilgan. 2005 yilda Buxoro soliq kollejini, 2009 yilda Soliq akademiyasini, 2018 yilda Bank-moliya akademiyasini soliqqa tortish inspektori, soliqlar va soliqqa tortish mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Tayinlovga qadar S.Nazarov Navoiy viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Navoiy viloyati DSBga esa 2021 yil aprelidan buyon Anvar Botiraliyev rahbarlik qilib kelayotgandi. Uning keyingi faoliyati haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Oldinroq Namangan viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlangani xabar berilgandi. 17 aprel kuni esa Qashqadaryo hamda Samarqand viloyatlari soliq boshqarmalariga yangi boshliqlar tayinlangandi.
Mavzuga oid
16:07 / 03.12.2024
Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
19:25 / 02.12.2024
Navoiyda pora olgan IIB xodimi ozodlikdan mahrum qilindi
12:16 / 01.11.2024
Navoiyda odamlar daromadini ko‘paytirish masalasi ko‘rib chiqildi
21:27 / 31.10.2024