Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda 8 kishi halok bo‘ldi
Qo‘ng‘irot tumanida Lacetti yo‘lning qarama-qarshi tomonidan kelayotgan Cobalt bilan to‘qnashdi. YTH oqibatda 2 haydovchi va 1 yo‘lovchi voqea joyida, 5 kishi shifoxonada vafot etgan.
Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida insonlar o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, YTH 22 iyul kuni soat 19:05lar atrofida Qo‘ng‘irot tumani hududida sodir bo‘lgan. 30 yoshli haydovchi M.N. Lacetti mashinasini tuman markazidan «Qoraqalpog‘iston» PPJ tomonga boshqarib borayotib boshqaruvni yo‘qotgan. Buning oqibatida Lacetti yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib, 23 yoshli U.D. boshqaruvidagi Cobalt bilan to‘qnashgan. To‘qnashuvdan so‘ng Cobalt mashinasida yong‘in ham kelib chiqqan.
YTH Oqibatda Lacetti haydovchisi va uning 38 yoshli yo‘lovchisi A.B. hamda Cobalt haydovchisi U.D. hodisa joyida halok bo‘lgan. Lacetti mashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 49 yoshli B.T. hamda Cobalt yo‘lovchilari — 31 yoshli T. A., 27 yoshli K.T., 53 yoshli K.K., 30 yoshli S.R. olgan tan jarohatlari oqibatida Qo‘ng‘irot tumani tibbiyot birlashmasida vafot etgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:24
Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi
08:20 / 21.12.2024
Qoraqalpog‘istonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
16:13 / 20.12.2024
Yigirmaga yaqin bolani 1,5 ming km masofaga tashiyotgan uchta Damas ushlandi
11:31 / 27.11.2024