Andijon shahrida mayning ferma tashkil qilganlar ushlandi
Andijonda mayning ferma tashkil etib, “svet”dan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Andijon shahar bo‘limi, viloyat IIB hamda “O‘zenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro D.K. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, Andijon shahri, Savdogarlar ko‘chasidagi xonadonda tijorat maqsadida 11 ta to‘plamdagi mayning qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, qonunga xilof ravishda mayning kripto-aktivlari faoliyati bilan shug‘ullanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 413,4 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
16:13 / 20.12.2024
Yigirmaga yaqin bolani 1,5 ming km masofaga tashiyotgan uchta Damas ushlandi
16:54 / 19.12.2024
Andijonda Suriyadagi terrorchi guruhlarga pul yuborgan fuqaro 10 yildan ortiq muddatga qamaldi
15:16 / 18.12.2024
Andijonda er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi
08:14 / 18.12.2024