Jamiyat | 19:48 / 19.09.2024
4855
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda boshqaruvni yo‘qotgan “Lasetti” pastlikka ag‘darildi

Hodisa oqibatida yo‘lovchi tan jarohatlari olgan. Mashina butunlay yaroqsiz holga kelgan.

Foto: IIB YHXB axborot xizmati

Jizzax viloyatida pastlikka ag‘darilib pachaq bo‘lib ketgan “Lasetti” tasvirlangan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB axborot xizmati munosabat bildirdi.

Unda yozilishicha, hodisa joriy yil 24 iyun kuni soat 13:00 larda, M-39 avtomobil yo‘lining Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani hududidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan.

Samarqand viloyatida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan haydovchi “Lasetti” avtomobilida harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilib, pastlikka tushib ketgan.

Hodisa oqibatida “Lasetti” butunlay yaroqsiz holga kelgan va uning salonida bo‘lgan 29 yoshli yo‘lovchi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mavzuga oid