O‘zbekiston | 18:28 / 30.10.2024
10249
2 daqiqa o‘qiladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Prezident qarori bilan Sherzod Abdurasulovich Karimov maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sherzod Karimov 2006–2012 yillarda xalq ta’limi tizimida, 2012–2018 yillarda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida ishlagan.

2018 yilda  Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari axborot-tahlil departamenti Uzluksiz ta’lim tizimida islohotlarni muvofiqlashtirish masalalari shu’basining Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlar tizimida islohotlarni muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha yetakchi mutaxassisi etib tayinlangan, 2022 yil martidan Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari – Ta’lim tizimini rivojlantirish masalalari shu’basi mudiri sifatida ish boshlagan.

U 2024 yil 28 fevraldan bugungacha Vazirlar Mahkamasi «Mahalla yettiligi», yoshlar siyosati va ma’naviyat masalalari departamenti Yoshlar siyosati, maktabgacha va maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash va ma’naviyat masalalari bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlayotgan edi.

2020 yil iyulidan Xalq ta’limi vazirligida (2023 yil yanvaridan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi) birinchi o‘rinbosar lavozimida ishlab kelgan Usmon Sharifxo‘jayev 2024 yil 18 oktyabr kuni O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya agentligi direktori o‘rinbosari etib tayinlangandi.

Mavzuga oid