O‘zbekiston | 15:44 / 01.11.2024
52238
1 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi

Ayni vaqtda Botirjon Hamroyevga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Andijon viloyat hokimligi axborot xizmati

Andijon viloyati hokimi sobiq o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i Botirjon Hamroyevga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Bu haqda Daryo.uz manbasi xabar berdi.

Uning xonadonida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida budjet mablag‘lari talon-toroj qilinishi, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va boshqa holatlar bo‘yicha tergovga chaqirtirilgan va protsessual tartibda ushlangan.

Ayni vaqtda Botirjon Hamroyevga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Botirjon Hamroyev 2019 yildan buyon viloyat hokimi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borayotgandi.

Oktyabr oyi boshida u lavozimini tark etgani, uning o‘rniga Ilhom Sobirov viloyat hokimi o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangani ma’lum bo‘lgandi.

Mavzuga oid