Jamiyat | 11:05 / 02.05.2016
7598
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda Prinsning minglab audioyozuvlari saqlangan seyfni ochishdi

Xonanda Prinsning merosini tasarruf qilishga vaqtinchalik ruxsat olgan Bremer Trust kompaniyasi xodimlari marhumga tegishli seyfni ochishdi. ABC News xabariga ko‘ra, bu seyfda xonandaning nashr etilmagan mingga yaqin audioyozuvlari saqlangani taxmin qilingan.

Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, xonanda faqatgina bir marotaba mazkur arxiv haqida «bir kun kelib boshqa kimsalar ushbu yozuvlarni chiqarib yuboradi. Bunday kishilar esa juda ko‘p» deya omma qarishisida yodga olgan edi. 

Seyfning ochilishi haqida Prinsning singlisi Tika Nelson xabar berdi. Shuningdek, u akasi o‘limidan avval hech qanday vasiyatnoma qoldirmaganini ma'lum qilgan.

Mavzuga oid