Moskvalik ayol: “Rahmat senga o‘zbekistonlik Umar! Alloh seni o‘z panohida asrasin”
Moskvada istiqomat qiluvchi Irina Fesenko ismli ayol Facebook tarmog‘ida do‘konlarni aylanish chog‘ida boshidan o‘tkazgan voqea bilan o‘rtoqlashdi. Quyida uni siz bilan bo‘lishishga qaror qildik.
“Bugungi kun men uchun rutubatli bo‘ldi. Isinish uchun uyga shoshmoqdaman. Yangi yilgacha oz vaqt qolgan. Moskvadagi bolalar uylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan aksiyalarga mandarin sotib olmaganim yodimga tushdi (bayram kayfiyatini uyg‘otish uchun mandarinlar yoki qandaydir shirinliklar sotib olish kerak). Mashinani burib, FudSiti tomonga qarab yo‘l oldim. Mana – apelsin, mandarin va xurmo hidini taratuvchi ikkinchi savdo do‘koni. Abxaziya mandarinlarini topish ilinjida aravalar orasidan turtinib o‘tib boraman. Turk, serb, nihoyat Abxaziya yozuvini ko‘rdim. Ta'tib ko‘rdim...avvalgidek emas. Onamni o‘rtaga qo‘yib qasam ichaman, Abxaziya, deydi sotuvchi. Ammo nima keragi bor shunday yolg‘onlarni. Axir gunoh-ku... Qalbimda ma'yuslik. Uch quti serblarning mandarinini sotib oldim (ular ham mazali), shu bilan birga aravali tojik erkakni to‘xtatib, eshik tomonga yo‘l oldik. Chiqaverishda biroz to‘xtayman – O‘zbek qovuni. Sotuvchi uni o‘lchay turib, nima uchun bunchalik ko‘p mandarin sotib olganimni so‘radi. Tushuntira boshladim – bolalarga, Yangi yilga, bolalar uyiga. U yana bir bor mandarinlar haqida qayta so‘radi, bu safar yuzlari jiddiylashdi. U xurmo to‘la qutini olib, menga: ol, bolalarga mening nomimdan berib qo‘y, dedi. Etim jimirlashib ketdi...olaymi, olmaymi, qanday qilib... pul to‘lamay... U esa so‘rashda davom etdi: bu bolalarning onasi yo‘qmi? Bor, dedim, ko‘plar bedavo xastalikka yo‘liqqan va biz ularga kichik bo‘lsa ham bayram tashkil etish niyatidamiz. Shunda yigit bir quti ajoyib o‘zbek pomidorini olib, aravaga qo‘yib qo‘ydi. Bu ham bolalarga. Yo‘q... kerak emas... ularga bu mumkin emas, deyman ovozim titrab (qalbimda esa bu yigitni qanday qilib rozi qilish haqida o‘ylayapman) ...Mumkin..., men bilaman, javob berdi u, faqat, berayotganda – Alloh, Umarni o‘z panohingda asra, deb qo‘ysang bo‘ldi.
Mashinaga dovdirab ketib bormoqdaman, orqada sovg‘alar to‘la arava. Ko‘zimdan negadir shashqator yosh oqmoqda, tomog‘imga nimadir tiqilib qolgandek va meni bo‘g‘ayotgandek. Ha, bizning dinlarimiz boshqa, biroq har birimizda mehr va shafqat, yaqinlarimiz haqida qayg‘urish tuyg‘usi bor. Rahmat senga Umar!
Alloh seni o‘z panohida asrasin”.
Tavsiya etamiz
Trampga Grenlandiya nima uchun kerak?
Jahon | 10:56 / 11.01.2025
Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 10:52 / 11.01.2025
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan buyon bir oy o‘tdi. Nimalar o‘zgardi?
Jahon | 18:45 / 10.01.2025
Pokistonning Afg‘onistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
Jahon | 18:00 / 10.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Moderna aksiyalari narxi 21 foizga tushib ketdi
Jahon | 00:36
-
Toshkentda BYD’ning qo‘pol qoidabuzarligi ortidan ikki piyoda jarohat oldi
Jamiyat | 23:44 / 13.01.2025
-
New Gleen raketasi parvozi startga 15 daqiqa qolganda bekor qilindi
Jahon | 23:29 / 13.01.2025
-
“Pandora qutisi ochildi” - Dunyo imperializm davri ostonasidami?
Jahon | 22:59 / 13.01.2025
Mavzuga oid
12:02 / 09.01.2025
«Xavf bo‘lmay turganda erkinlikni qo‘llab-quvvatlayman, deyish oson» - Durov Tsukerbergning bayonoti haqida
20:42 / 17.12.2024
Irlandiya regulyatori Meta kompaniyasini 251 mln yevro jarimaga tortdi
19:05 / 12.12.2024
Meta kompaniyasi Trampning inauguratsiyasiga 1 mln dollar xayriya qildi
17:10 / 28.11.2024