Janubiy Sudandagi aviahalokat 17 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Janubiy Sudanda 22 avgustda yuk samolyoti halokatga uchradi. Buning oqibatida 17 kishi halok bo‘lgan, bir kishi tirik qolgan, deb xabar berdi “Sinxua” axborot agentligi.
Guvohlarning ta'kidlashicha, samolyot poytaxt Jubadagi aeroportdan havoga ko‘tarilgandan ko‘p o‘tmay qulagan. Omon qolgan yo‘lovchi og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan.
Aeroport direktori Kur Kuolning ta'kidlashicha, tijoriy kompaniyalardan biriga tegishli bo‘lgan samolyot Aveyl va Vau shaharlariga xodimlarga maoshni yetkazish uchun yo‘nalayotgan bo‘lgan. Uning aytishicha, samolyotda, shuningdek, mototsikllar, ehtiyot qismlar, oziq-ovqat mahsulotlari bo‘lgan.
Ayni vaqtda voqea sabablari tergov qilinmoqda.
Mavzuga oid
12:37 / 14.12.2024
Fuqaro aviatsiyasi tarixidagi eng yirik halokatlar
15:29 / 25.11.2024
Vilnyus aeroporti yaqinida yuk tashuvchi Boeing qulab tushdi
20:45 / 10.11.2024
BMT: Janubiy Sudandagi suv toshqinlari yarim millionga yaqin odamni boshpanasiz qoldirdi
11:56 / 02.11.2024