Akmalxo‘ja Mavlonov bojxona qo‘mitasining yangi raisi bo‘ladi
Davlat bojxona qo‘mitasida Murodjon Azimov o‘rnida yangi rais ish boshlaydi.
Bosh prokuror o‘rinbosari, Adliya katta maslahatchisi Akmalxo‘ja Yusupovich Mavlonov Davlat bojxona qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Akmalxo‘ja Mavlonov 1975 yilda tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2002 yilda Davlatobod tuman prokuraturasida boshlab, Namangan viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2006 yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori lavozimlarida ishlagan.
2017 yil martigacha Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar prokurori, 2017 yilda Sirdaryo viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, 2017-2018 yillarda Xorazm viloyati prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2018 yil fevral oyida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan. O‘sha yili avgust oyida bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlangan.
Akmalxo‘ja Mavlonov 2019 yil iyunidan 2020 yil kuzigacha Namangan viloyati prokurori bo‘lgan. 2020 yil oktyabrida bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga qaytgandi.
- Davlat bojxona qo‘mitasiga 2018 yil fevralidan buyon rahbarlik qilib kelgan Murodjon Azimov (u ham sobiq prokuror) bugun Qashqadaryo viloyati hokimligiga tayinlandi.
Mavzuga oid
14:21 / 21.12.2024
Hokimlar va futbol. Yil boshidagi maqsad va xarajatga yarasha qanday natijaga erishildi?
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
17:52 / 11.12.2024
Timur Ishmetov Markaziy Bank raisi etib tayinlandi
15:57 / 10.12.2024