O‘zbekiston | 16:55 / 19.01.2022
43674
2 daqiqa o‘qiladi

Shukrullo Boboyev tuman hokimligidan ketdi

Jizzax viloyati prokurori o‘rinbosari Asilbek Ashurov Paxtakor tumani hokimi v.b etib tayinlandi.

Bugun, 19 yanvar kuni Paxtakor tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari o‘ttiz uchinchi sessiyasi o‘tkazildi. 

Sessiyada viloyat hokimi Ergash Soliyev, tuman deputatlari, tuman hokimi yordamchilari, boshqarma va tashkilot rahbarlari, ommaviy axborot vositasi vakillari hamda blogerlar ishtirok etishdi. 

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Tashkiliy masalada viloyat hokimi Ergash Soliyev Paxtakor tumani hokimi (v.b.) lavozimiga Ashurov Asilbek Rahmonovich nomzodini tavsiya qildi.

Asilbek Ashurov

Deputatlar nomzodni bir ovozdan ma’qullashdi. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Asilbek Ashurov Jizzax viloyati prokurori o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgandi. 

Paxtakor tumaniga shu vaqtgacha Shukrullo Boboyev hokimlik qilayotgandi. 2016-2017 yillarda Toshkent viloyatiga rahbarlik qilgan Boboyev 2017 yilgi paxta mavsumida hosil qo‘shib yozishga yo‘l qo‘yilgani sabab ishdan olingan, 2018 yil aprelida esa Paxtakor tumaniga hokimlikka tayinlangandi.

Shukrullo Boboyev

Uning hokimlikdan ketishi sababi va keyingi faoliyati haqida ma’lumot berilmagan. 

Mavzuga oid