O‘zbekiston | 16:16 / 25.07.2023
19602
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiy viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Buxoro viloyatidagi tuman hokimi qo‘shni viloyat rahbarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga aylandi.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi

San’atillo Hikmatov Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Hikmatov muqaddam Buxoro viloyatida hokimning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan, 2020 yilning 3 dekabrida Buxoro viloyatining Jondor tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.

Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi shu vaqtgacha bo‘sh turgandi — bu lavozimda 2022 yil mayidan ish boshlagan Akmaljon Mahmudaliyev 2022 yil noyabrida Sirdaryo viloyati hokimligiga o‘tkazilgandi.

  • 2023 yil 14 aprelida Elyor Mardonov Navoiy viloyati hokimining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi

Mavzuga oid