Toshkent shahrida ko‘p qavatli uy-joylar qurish uchun 60 gektar yer auksionga chiqariladi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda esa 20 gektardan yerlar shu maqsadda onlayn auksionga qo‘yilishi belgilandi. Mas’ul vazirliklar “Renovatsiya to‘g‘risida”gi qonun loyihasini iyun oyida hukumatga kiritishi kerak.
O‘zbekistonda uy-joy tannarxini pasaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi. Prezident 30 aprel kuni imzolagan farmonga ko‘ra, dastur 2024 yil may oyida tayyor bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Bosh prokuraturaga uy-joylar narxi asossiz oshib ketishining oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish topshirildi.
Hujjatga asosan, birlamchi uy-joy bozoridagi talabni qondirish maqsadida 2024 yil may oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 20 gektardan, Toshkent shahrida esa 60 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari aniqlanishi kerak.
Aniqlangan yer uchastkalari ko‘p qavatli uy-joylar qurish uchun onlayn auksionga chiqariladi.
2025 yil 1 yanvargacha yangi elektr dvigatel orqali boshqariladigan telfer (lebedka) va ko‘tarish moslamasi (domkrat) import bojxona bojidan ozod etildi (bu faqat yangi mahsulotlarga taalluqli).
Shuningdek, farmonda ekspluatatsiya muddatini o‘tab bo‘lgan va ma’nan eskirgan ko‘p qavatli uy-joylarni renovatsiya qilishning huquqiy asoslarini yaratish ham nazarda tutilgan. Unga ko‘ra, 2024 yil iyun oyida mas’ul vazirliklar “Renovatsiya to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishi lozim.
Qoraqalpog‘iston hukumati va viloyatlar hokimlariga Toshkent shahri Shayxontohur tumani Olim Xo‘jayev mahallasida boshlangan renovatsiya loyihasi misolida har bir hududda bittadan renovatsiya loyihasini amalga oshirish topshirildi.
Bunda, 2024 yil may oyida hududlarda renovatsiya loyihalari amalga oshiriladigan massivlar tanlanishish kerak. Iyun oyida esa har bir hududda tajriba-sinov tariqasida bittadan renovatsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish belgilangan.
Tavsiya etamiz
Trampga Grenlandiya nima uchun kerak?
Jahon | 10:56 / 11.01.2025
Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 10:52 / 11.01.2025
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan buyon bir oy o‘tdi. Nimalar o‘zgardi?
Jahon | 18:45 / 10.01.2025
Pokistonning Afg‘onistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
Jahon | 18:00 / 10.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Moderna aksiyalari narxi 21 foizga tushib ketdi
Jahon | 00:36
-
Toshkentda BYD’ning qo‘pol qoidabuzarligi ortidan ikki piyoda jarohat oldi
Jamiyat | 23:44 / 13.01.2025
-
New Gleen raketasi parvozi startga 15 daqiqa qolganda bekor qilindi
Jahon | 23:29 / 13.01.2025
-
“Pandora qutisi ochildi” - Dunyo imperializm davri ostonasidami?
Jahon | 22:59 / 13.01.2025
Mavzuga oid
14:09 / 08.01.2025
Pokiston O‘zbekistonda uy-joylar qurishda ishtirok etishni rejalashtiryapti
14:40 / 22.12.2024
Eskrou tizimi: u joriy etilsa, mijozlar quruvchilarga aldanmaydimi?
10:11 / 18.12.2024
Uy-joy qurilishida yangi tizim joriy etilishi mumkin
18:34 / 11.12.2024