O‘zbekiston | 18:32 / 28.10.2024
4317
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Vladimir Jollibekov yangi lavozimda ish boshlaydi.

Jollibekov Vladimir Baxtiyarovich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari, Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlagan.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, Birlashgan Arab Amirliklaridagi O‘zbekiston elchixonasining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi kabi mas’uliyatli lavozimlarni bajargan.

Mavzuga oid