Jahon | 22:25 / 12.02.2019
14221
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar global ekologik falokat yuz berishidan ogohlantirdilar

Avstraliyalik olimlar sayyoramizni ekologik falokat kutayotgani haqidagi xulosaga kelishdi. Bu haqda Phys.org xabar bermoqda.

Mutaxassislar butun dunyo bo‘ylab yarim asr davomida jamlangan 70 ta ma'lumotlar bazasidagi ma'lumotlarni tahlil qilib, dunyoda hasharotlarning biomassasi har yili 2,5 foizga kamayib borayotganini aniqlashgan.

Hasharotlarning nobud bo‘lishiga ular yashaydigan joylarning shaharlar va qishloq xo‘jaligi maydonlarining o‘sishi hisobiga yo‘qolishi, pestitsidlar va zaharlar qo‘llanishi asosiy sabablar hisoblanadi.  

Bu esa barcha hasharot turlarining 50 foizi miqdori tez qisqarayotgani, uchdan bir qismi yaqin orada yo‘qolib ketishiga olib keladi.

Hasharotlar ozuqa zanjirida va o‘simliklarni changlatishda muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Ular miqdorining kamayishi ekotizimlarning falokatli kollapsiga olib keladi. Yevropada 30 yil ichida hasharotlar populyatsiyasi 80 foizga qisqargani sababli qushlar populyatsiyasi 400 mln.ga kamayib ketgan.

Olimlarning ta'kidlashicha, bu jarayonni insektitsidlar va pestitsidlardan maksimal voz kechish evaziga to‘xtatish mumkin.

Mavzuga oid