Qibray tumani hokimligi sobiq xodimlarining firibgarligi aniqlandi - IIV
2021 yil 17 avgust kuni Ichki ishlar vazirligiga fuqaro Ya.N. ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda IIV xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, u o‘z arizasida Toshkent viloyati, Qibray tumanida yashovchi A. va O. ismli shaxslar hokimiyat tomonidan ularga 49 yilga ijaraga berilgan 7 gektar yer maydonini sotib, hokimiyatda ishlovchi tanishlari orqali Ya.N.ning nomiga rasmiylashtirib berishga va'da berib, evaziga 225 000 AQSh dollari berishini talab qilayotganini ma'lum qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur arizaga asosan, joriy yil 18 avgust kuni IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi, DXX Shayxontohur tumani bo‘limi hamda IJQK Departamentining Shayxontohur tumani bo‘limi xodimlari hamkorligida Toshkent shahar, Yunusobod tumani 19-mavzedagi «Qariyalar oromgohi» oldida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, A.O. ariza muallifi Ya.N.dan talab qilingan 225 000 AQSh dollaridan 5 000 dollarini olgan vaqt ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
A.O. bilan olib borilgan surishtiruv ishlar davomida, u arizachi Ya.N.dan olgan 5 000 AQSh dollarini yer egasi T.R.ga berishi kerakligini bildirgani sababli tezkor tadbir davom ettirilib, 2021 yil 19 avgust kuni 2011-2018 yillar Qibray tuman hokimiyatida mas'ul lavozimlarda ishlagan T.R. va A.M. Toshkent viloyati, Qibray tumani, O‘tkir mahallasida A.O.dan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan 2021 yil 19 avgust kuni Bosh prokuratura huzuridagi IJQK Departamentining Shayxontohur tumani bo‘limi tomonidan A.O., T.R. va A.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 28,211-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:46 / 07.11.2024
IIBB internetda firibgarlikning yangi ko‘rinishi avj olgani haqida ogohlantirdi
19:06 / 01.11.2024
Kiberxavfsizlik markazi Telegram orqali tarqalayotgan viruslardan ogohlantirdi
18:24 / 30.10.2024
Sovuq tushdi, ammo uylarga issiqlik berilmayapti. Nega?
21:14 / 22.10.2024