Jahon | 15:10 / 31.10.2024
2551
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy xorijliklarga Ukraina QKda ofitserlik lavozimlarini egallashga ruxsat berdi

Ukraina prezidenti xorijliklarning harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Foto: Ukraina prezidenti ofisi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy xorijliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga mamlakat qurolli kuchlarida ofitserlik lavozimlarida xizmat qilishiga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi. Bu haqda Ukraina Oliy Radasi saytida xabar berildi.

10 oktyabr kuni Ukrainaning oliy qonun chiqaruvchi organi yakuniy o‘qishda qonunni qabul qildi, unga ko‘ra xorijliklar shartnoma asosida harbiy xizmatni nafaqat oddiy va serjant, balki ofitser sifatida ham o‘tashi mumkin.

Gap, xususan, Ukraina QK, Davlat maxsus transport xizmati va Ukraina Milliy gvardiyasi haqida ketyapti.

UQKda ofitserlik lavozimlariga chet elliklarni yollashga ruxsat beruvchi Ukraina qonuni ular «ukrainlarni faolroq tugatishi» uchun zarur, dedi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Telegramʼdagi kanalida.

«Xorijiy qo‘mondonlar ukrainlarni go‘sht qiymalagichlarga tashlab, faolroq tugatishlari uchun. Aks holda, ukrainalik ukrainalikka achinadi va uni o‘limga yubormaydi. Zelenskiyga buning uchun hech kim pul to‘lamaydi», — dedi diplomat.

Mavzuga oid