Mahalla vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
Toshkent shahri hokimi o‘rinbosari va Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi qayta tashkil etilgan vazirlikda ish boshladi.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi o‘rnida tashkil etilgan Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi rahbariga uch nafar o‘rinbosar tayinlandi.
Sodiqjon Turdiyev mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Sodiqjon Turdiyev 2012-2013 yillarda Fermerlar kengashi raisi bo‘lgan, 2013 yil dekabrida O‘zLiDeP yetakchiligiga saylangan, 2015 yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari bo‘lgandi. 2018 yil avgustida Andijon viloyatining Jalaquduq tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi, 2019 yil avgustida tuman hokimligini tark etgan, 2020 yil yanvarida «Nuroniy» jamg‘armasi raisi bo‘lgan, keyinroq 2020 yil fevralida mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosarligiga tayinlangandi.
Abdulla Tursunov mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi sifatida faoliyat yuritgan.
Muxtor Muhiddinov mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Muxtor Muhiddinov muqaddam Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan, 2020 yil noyabridan buyon Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari - shahar kanallaridan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i edi.
- Eslatib o‘tamiz, mart oyi boshida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi sifatida qayta tashkil etildi. Unga rahbarlik qilish Prezident maslahatchisi Tursinxon Xudaybergenovga yuklatildi.
- Vazirlikning sobiq rahbari Rahmat Mamatov fevral oyi o‘rtalarida Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
Mavzuga oid
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
17:52 / 11.12.2024
Timur Ishmetov Markaziy Bank raisi etib tayinlandi
15:57 / 10.12.2024
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
18:28 / 06.12.2024