O‘zbekiston | 17:44 / 27.09.2022
16314
1 daqiqa o‘qiladi

Jamshid Qo‘chqorovga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Erkin Rustamov iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shu kungacha u Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi sifatida faoliyat yuritgan.

U bu lavozimda 2020 yil dekabridan ishlagan va 2022 yil avgust oyida Toshkent shahri Chilonzor tumani hokimligiga o‘tkazilgan Saidqahhor Xolxo‘jayev o‘rnini egalladi.

Ayni vaqtda iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorovning to‘rt nafar o‘rinbosari bor: Erkin Rustamovdan tashqari yana bir o‘rinbosar Ilhom Norqulov, o‘rinbosarlar Adiz Boboyev va Mirzohid Ubaydullayev. Yana ikki o‘rinbosarlik o‘rni vakant bo‘lib turibdi.

 

Mavzuga oid