O‘zbekiston | 13:18 / 31.01.2023
11957
2 daqiqa o‘qiladi

Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyatida tayinlovlar amalga oshirildi

O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Oleg Pekos

Prezident qarori bilan Oleg Pekos raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek:

  • Jamol Maxsudov raqamli texnologiyalar vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
  • Rustam Karimjonov raqamli texnologiyalar vazirining o‘rinbosari lavozimiga (avval — xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari edi);
  • Shuhrat Qodirov Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi direktori lavozimiga;
  • A’zam Abdullayev Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
  • Bundan tashqari:
  • Doniyor Rustamov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari lavozimidan;
  • Jamshid Egamberdiyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Avvalroq Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi negizida tashkil etilgan Raqamli texnologiyalar vazirligiga AKT rahbari bo‘lib kelgan Sherzod Shermatov tayinlangandi.

Mavzuga oid