O‘zbekiston | 19:47 / 11.08.2023
16956
1 daqiqa o‘qiladi

Rishton tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bahodir Xoliqov Rishton tumani hokimi etib tayinlandi.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

Xalq deputatlari Rishton tuman kengashining viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirokida bugun, 11 avgust kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.

Bahodir Rahmatullayevich Xoliqovni  Rishton tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi viloyat hokimig qarori Xalq deputatlari Rishton tuman kengashi deputatlari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Bahodir Xoliqov shu paytgacha Farg‘ona viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari edi.

Rishton tumaniga 2019 yil iyulidan buyon rahbarlik qilgan Suhfonjon Soliyev 2023 yil iyul oyi oxirida prezident Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida o‘tkazilgan yig‘ilishda ishdan olingandi.

Mavzuga oid