Mirzacho‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi
Mirzacho‘l tumaniga uch yildan buyon hokimlik qilib kelgan Sherzod Ahmedov ishdan ketdi.
Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani hokimi Mirzacho‘l tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 20 fevral kuni xalq deputatlari Mirzacho‘l tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan.
Unda Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev kun tartibidagi masala yuzasidan ma’ruza qilgan. Shundan so‘ng, deputatlar Botirjon Mirzaqulovni Mirzacho‘l tumani hokimi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi qarorini bir ovozdan ma’qullagan.
Botirjon Mirzaqulov 1970 yilning 23 fevralida Sirdaryo tumanida tug‘ilgan. 2005 yilda Guliston davlat universitetini tamomlagan. 2018 yildan Sayxunobod tuman hokimi lavozimida ishlagan, 2020 yil noyabrida Sirdaryo tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.
Ma’lumot uchun, Mirzacho‘l tumaniga 2021 yil yanvaridan buyon Sherzod Ahmedov rahbarlik qilayotgandi.
Mavzuga oid
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
17:52 / 11.12.2024
Timur Ishmetov Markaziy Bank raisi etib tayinlandi
15:57 / 10.12.2024
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
18:28 / 06.12.2024