O‘zbekiston | 17:00 / 20.06.2024
3278
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Xalq banki tomonidan vodiyga press-tur tashkil etildi

Foto: Xalq banki

Xalq banki moliyaviy ko‘magida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subektlari bilan OAV, jurnalistlar va jamoatchilik faollarini yaqindan tanishtirish maqsadida hududlarga press turlar o‘tkazib kelinadi. Navbatdagi press-tur vodiy viloyatlari Namangan va Andijon viloyatlariga tashkil etildi.

Dastlab press-tur dasturiga asosan Namanganda faoliyat yuritayotgan mahalliy OAV, jamoatchilik faollari va hududiy matbuot kotiblari uchun seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar doirasida davlat tashkilotlarida kommunikatsiyaning o‘ziga xos xususiyatlari, jamoatchilik bilan aloqalarda Xalq banki tajribasi, inqirozli vaziyatlarda o‘zaro kommunikatsiya kabi mavzular bo‘yicha mutaxassislar yig‘ilganlarga batafsil ma’lumot berdi. Shu bilan bir qatorda trening ishtirokchilariga Xazna mobil ilovasining taqdimoti o‘tkazildi. Seminar-trening so‘ngida yig‘ilganlar o‘rtasida interaktiv o‘yinlar o‘tkazildi.

Seminardan so‘ng press-tur ishtirokchilari Namangan tumanidagi “Nam Motor Servis” MChJ faoliyati bilan tanishdi. “Nam Motor Servis” MChJ bugungi kunda suv nasoslari va elektrodvigatellar ishlab chiqaruvchi respublikadagi yirik korxonalardan. Xalq banki ko‘magida faoliyat boshlagan obektning bugungi kundagi yillik daromadi 55,6 mlrd so‘m. Korxonada 160ga yaqin kishining bandligi ta’minlagan. Bu yerda yiliga 10 ming dona elektrodvigatel, 2 ming dona suv nasoslarini ishlab chiqarish quvvati yaratilgan. Korxonadagi zamonaviy uskunalar ishlab chiqarish jarayonlarida keng texnologik imkoniyatlarni ta’minlamoqda.

Press-turning navbatdagi Namangan tumanidagi "Best fiber" mas’uliyati cheklangan jamiyati bo‘lib, u yerda nafaqat aholi ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan mahsulotlar ishlab chiqariladi, balki korxona o‘z faoliyati bilan atrof-muhitni asrashga ham katta hissa qo‘shib kelmoqda.

Bu yerda oyiga 300 tonna plastik chiqindi qayta ishlanadi va sanoatning turli sohalari uchun xomashyo tayyorlanadi. 2,5 gektar maydonda tashkil etilgan baklajkani qayta ishlash korxonasiga Xitoydan maxsus uskuna xaridi uchun Xalq banki tomonidan 1 mln 200 ming AQSh dollari miqdorida moliyaviy ko‘mak berilgan. Korxonaning yillik daromadi 10 mlrd so‘m, 100 ga yaqin ishchi o‘rni tashkil etilgan.

– Maqsadimiz faqat daromad ko‘rish emas, mamlakatimiz ekologiyasi himoyasiga ham hissa qo‘shish, – deydi korxona ta’sischisi.

"Gullar shahri"  deb e’tirof etiladigan Namangan o‘zining gulzoru bog‘lari, o‘ziga xos tabiati bilan respublikamizning boshqa viloyatlaridan ajralib turadi. Bu yerda yetishtirilgan gullar nafaqat ichki bozor, balki xorijda ham juda talabgir. Press-turning navbatdagi manzili  “Namangan Navro‘z gullari” MChJga qarashli issiqxona bo‘ldi.

Bankdan olingan 300 mln so‘m moliyaviy yordam asosida o‘z ishini boshlagan tadbirkorlik obektida hozirgi kunda 23 xil turdan ortiq gullar va manzarali daraxtlar yetishtirilib, kelgusida eksportga ham yo‘naltirilishi rejalashtirgan. 

Jamiyat rahbari tadbirkor Ibrohim Muhiddinov faoliyati ortidan yaqinlarining hamda viloyat aholisining bandligi ta’minlanishiga hissa qo‘shib, ko‘plab xotin-qizlarni gulchilik sohasiga qiziqtirib kelmoqda.

Namangandan so‘ng press-tur ishtirokchilari Andijonga yo‘l oldilar. Ma’lumki, Xalq banki charm sanoatida loyihalarni moliyalashtirishga mas’ul etib belgilangan. Bank tomonidan bu yo‘nalishdagi tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati moliyaviy qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda. Xususan, Andijon viloyati, Baliqchi tumanidagi “Magna Sport” MChJ ana shunday muvaffaqiyatli loyihalardan biri hisoblanadi.

Korxona 2016 yilda kichik oilaviy tadbirkorlik sub’yekti sifatida faoliyatini boshlagan bo‘lsa, bugungi kunda bu yerda 100ga yaqin xodim mehnat qilmoqda.

Korxonada futbol, boks, kurash, gimnastika va boshqa sport turlari uchun sun’iy charmdan keng tanlovda 40 turga yaqin mahsulotlar ishlab chiqariladi.

Ushbu tadbirkorlik sub’yekti ham Xalq bankidan olgan 840 ming AQSh dollari miqdoridagi moliyalashtirish evaziga o‘z ishini kengaytirib, Yevropa standartlariga mos sport ashyolari ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Ayni paytda MChJning yillik ishlab chiqarish quvvati 55 mlrd so‘mni tashkil etadi.

 Reklama

Mavzuga oid