Anvar Alimov yangi lavozimga tayinlandi
U muqaddam sog‘liqni saqlash vaziri, vazir o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan, 2020 yildan buyon Toshkent shahar SSB boshlig‘i edi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Alimov Anvar Valiyevich Akademik Yo. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Anvar Alimov 1955 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1978 yilda hozirgi Toshkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlagan.
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi, tibbiyot fanlari doktori.
Mehnat faoliyatining ilk davrida Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida dekan, keyinroq O‘zbekiston Respublikasi prezidenti devonida konsultant, yetakchi konsultant (1994-1999), Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori (2000-2009), O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari (2009-2012) kabi mas’ul lavozimlarida ishlagan.
2012-2016 yillarda sog‘liqni saqlash vaziri bo‘lgan, bundan tashqari, 2006-2020 yillarda ham Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori hisoblangan.
Professor Anvar Alimov 2020 yildan hozirga qadar Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Mavzuga oid
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
17:52 / 11.12.2024
Timur Ishmetov Markaziy Bank raisi etib tayinlandi
15:57 / 10.12.2024
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
18:28 / 06.12.2024